35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oqqo‘rg‘on tumani Iqtisoslashtirilgan  maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va sport zallari holati o‘rgandi
янв.21
Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat tomonidan Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
NAMUNAVIY DOIMIY KOMISSIYA QARORLARI AMALIYOTGA TIZIMLI JORIY ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi deputati I Masaliyevning yarim yillik faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidsn Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
YUNUSOBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mahalla hududidagi mavjud masalalar tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

✅Ushbu ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅Yunusobod mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3