Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 37-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 29-30-iyun, 1-3-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 29-30-iyun, 1-3-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

🇺🇿Hafta davomida:

✅Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssislar Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputalari o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, o‘rganishlar olib borish va ijtimoiy tarmoqlarda, televidiniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari yuzasidan reja-jadval asosida ishlarni amalga oshirish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Uzun tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik faoliyatiga ko'maklashish va natijasini ijtimoiy tarmoqlarda ommaga yoritish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev

✅Hududlarda o'rganishlar davomida aholi muammo va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlarini chiqarish va ijrosini nazoratga olish.
Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Ertgasheva, U.Toshboyev.

✅Hafta so'ngida Kengashning haftalik dayjestini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, Kelgusi hafta uchun Kengash ish rejasini ishlab chiqish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva