Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 37-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

📁 “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

📝 Jumladan, Uchtepa tumanidagi "19-Farhod" saylov okrugiga qarashli Ko‘hna Cho‘ponota mahallasining 25-uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan issiqlik ta’minoti tizimi bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

🇺🇿 Mazkur murojaat yuzasidan “Veolia Energy Tashkent” korxonasi rahbari Jamoliddin Muhitdinov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar tomonidan muammo joyiga chiqib o‘rganildi.

🏭 O‘rganish davomida hududdan o‘tuvchi 150 diametrli issiqlik tarmog‘i quvuri mavjudligi aniqlandi. Ushbu quvur ko‘p qavatli uy hududidan tashqi issiqlik ta’minoti tarmog‘i orqali o‘tgan bo‘lib, kuz-qish mavsumida uy aholisi uchun ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasida ko‘p qavatli uy atrofiga beton qoplamali piyodalar yo‘laklarini barpo etish rejalashtirilgani sababli mazkur issiqlik tarmog‘i quvurini ko‘chirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

💬 Mutasaddilar tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ushbu muammoni hal etish bo‘yicha “Veolia Energy Tashkent” MChJ boshqarmasiga tegishli tartibda murojaat kiritilishi lozimligi tushuntirildi. Shu bilan birga, fuqarolarga belgilangan tartibda jamoaviy murojaat tayyorlash yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

🗂 O‘rganish yakunida murojaatda ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ–4542-sonli “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 7