Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Rahimjon Ziyayev tomonidan fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda ko‘rib chiqilmoqda.
Navbatdagi qabul davomida Andijon shahridagi “Erkin” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat Andijon shahar hokimligi mas’ul mutaxassisi ishtirokida o‘rganilib, mazkur ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari belgilangan tartibda manzilli ro‘yxatga kiritilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirish berildi.
Fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.