Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 37-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
CHINOZ TUMANIDAGI. “Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi"

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi

🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, “O‘zMTDP” partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova tomonidan Paxtaobod mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori hamda mutasaddi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4