Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy extiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etish holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 10-“Tolovul” saylov okrugi deputati T.Bobolov tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari namunaviy qarorlar asosida rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Yoshlar etakchisi faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 39-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev va J.Usmonovlar tomonidan tuman Kengashi 26-sessiyasining VII-26-36-9-122-K/26-sonli qaroriga asosan 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida xonalarning pol qismi hamda fasad qismi yakuniga yetib qolganligi aniqlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4