Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
Bayram quvonchi har bir xonadonga yetib boradi

Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari bugun ana shunday ezgu va manzilli ko‘mak jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida shahrimizdagi 1926 nafar kam ta’minlangan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar uchun bayram sovg‘alari tayyorlanmoqda.

O‘rganish davomida komissiya a’zolari bayram qutilariga joylanayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning sifati, qadoqlanish jarayoni hamda ularning o‘z egalariga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilishi masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayram shukuhi va quvonchini ulashish, aholi orasida mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash bunday tashabbuslarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Jarayonda sovg‘alarni manzilli yetkazish, ro‘yxatlar asosida adolatli taqsimlash hamda har bir oilaga sifatli yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bayram arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya va ko‘mak tadbirlari xalqimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat, birdamlik va inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6