Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy extiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etish holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 10-“Tolovul” saylov okrugi deputati T.Bobolov tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari namunaviy qarorlar asosida rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Yoshlar etakchisi faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 39-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig’ilish Yakkasaroy tumani hokimligi binosida o‘tkazildi va yig’ilishda Ekspert guruhi az’olari qatnashdi.

Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Xalq deputatlari viloyat, tumаn vа shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida” 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son qarori, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining “Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida” 2025-yil 4-martdagi III-6-21-14-207-K/26-son qaroriga asosan Ekspert guruhining tarkibini qaytadan tashkil qilish muhokama qilindi va komissiya tomonidan Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish taklifi berildi.

Bundan tashqari yig‘ilish davomida Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sessiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish, qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda ularning ijtimoiy ahamiyatini baholash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilishda Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qarorlar ijrosi ustidan monitoring olib borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ekspert guruhining asosiy vazifalari va vakolatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan:
▫️ Kengash qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
▫️ korrupsiya va ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash;
▫️ xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
▫️ fuqarolar, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni takomillashtirish;
▫️ deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
▫️ davlat va hududiy dasturlar ijrosini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1