Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
янв.21
Askar onalari bilan
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA

MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi amaliy natija berib, Navoiy shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navoiy shahrida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish maqsadida markaziy hamda ichki yo‘llarni asfaltlash, joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda shaharning markaziy ko‘chalarida yo‘l qoplamalarini yangilash, eskirgan qismlarni ta’mirlash hamda yangi asfalt qoplamalarini yotqizish ishlari olib borildi. Xususan, markaziy ko‘chalarning 390 metr qismida asfaltlash ishlari bajarilib, yo‘llarning sifati va harakatlanish qulayligi sezilarli darajada yaxshilandi.

Shuningdek, aholi yashash hududlaridagi ichki yo‘llarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalar kesimida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari davomida 780 metr ichki yo‘llarga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi. Mazkur ishlar fuqarolarning kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, chang va loy muammolarini kamaytirish hamda hududlar obodligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Yo‘lsozlik ishlari belgilangan reja asosida, sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan zarur texnika va ishchi kuchlari jalb qilinib, shaharning boshqa hududlarida ham asfaltlash va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Kelgusida ham Navoiy shahrida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda shahar qiyofasini zamonaviy va obod maskanga aylantirish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi

Slide 1 of 8