Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 37-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna hamda 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan o‘zlari saylangan okruglaridagi mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, Parkent tumanida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot — ZERO-WASTE MChJ faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ZERO-WASTE MChJ rahbari Otabek Mirdavlatov tomonidan bugungi kunda filialda 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, korxona tasarrufida 17 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnika, 224 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjudligi qayd etildi. Ta’kidlanganidek, barcha maxsus transport vositalariga masofadan turib onlayn nazorat olib borish imkonini beruvchi GPS uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, belgilangan reja-grafik asosida ishlash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Bir kunda tuman hududidan o‘rtacha 240 kub metr qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketilayotgani aniqlandi. Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan 2792 ta korxona, tashkilot va muassasalardan 380 tasi bilan 1 milliard 850 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shu bilan birga, Parkent tumani hududidagi 53 ta mahalladan qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida muntazam ravishda olib chiqib ketilayotgani bildirildi. Uchrashuv davomida korxona rahbarining fikr va takliflari tinglanib, sohaga oid mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, ZERO-WASTE MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF–5-sonli Farmoniga muvofiq, 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga Parkent va Yuqorichirchiq tumanlaridan olib chiqilayotgan chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan markazlashgan chiqindi yuklash stansiyasini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimi yanada takomillashishi, hududlarda sanitariya holati yaxshilanishi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar samaradorligi oshishi kutilmoqda. Ushbu o‘rganish ishlari aholi murojaatlariga yechim topish, hududlarda sanitariya-tozalik holatini yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 6