Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni 19¹-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 38-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 37-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-son qarori bilan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhlarini tashkil etish belgilandi.

📝 Mazkur qaror yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularni norma ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

🏛 Qarorga muvofiq, Yoshlar maslahat guruhlari mahalliy Kengashlar huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahat organi sifatida tashkil etiladi.

📁 Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsadi — yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyat va davlat boshqaruvidagi jarayonlarga faol jalb etish, yoshlar masalalariga oid qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirokini taʼminlashdan iborat.

📋 Guruhning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan:

🔺 hududlardagi yoshlar muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

🔺 yoshlarga oid davlat siyosati ijrosida faol ishtirok etish;

🔺 qonun hujjatlari va davlat dasturlarini yoshlar orasida keng targʻib qilish;

🔺 mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda oʻrganish va nazorat-tahlil tadbirlarida qatnashish;

🔺 yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

🔺 konferensiya, forum, seminar, davra suhbati, tanlov va sport-musobaqalari kabi tadbirlarni tashkil etishga koʻmaklashish;

🔺 yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbus va iqtidorlarini ragʻbatlantirish.

🤝 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari mahalliy Kengash deputatlariga “ustoz-shogird” tamoyili asosida biriktiriladi. Bu esa yoshlarning tajriba orttirishi, liderlik koʻnikmalarini rivojlantirishi hamda kelgusida yetuk kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

📝 Nizomga koʻra, guruh tarkibi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlardan shakllantiriladi. Ular orasida mahalla yoshlar yetakchilari, talaba-yoshlar, oʻquvchilar hamda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar boʻlishi mumkin.

💬 Mazkur qaror yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1