Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
янв.21
Askar onalari bilan
O‘zbekiston–Bolgariya strategik aloqalari: Yangi bosqich sari dadil qadam

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti
Rumen Radev boshchiligidagi muzokaralar mamlakatimiz tashqi siyosatidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani xalqaro maydonda mamlakatimizning tobora ortib
borayotgan nufuzidan dalolat beradi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, agrosanoat, texnologiya, farmatsevtika, turizm, transport va migratsiya kabi yo‘nalishlarda aniq amaliy kelishuvlarga erishilgani quvonarli hol. Ayniqsa, savdo uylari tashkil etilishi, akkreditatsiya tizimining kengaytirilishi va mehnat resurslari sohasidagi hamkorliklar mamlakatimiz
iqtisodiyoti va fuqarolarimiz farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gumanitar sohalarda, xususan oliy ta’lim, madaniyat va ilmiy almashinuv borasida bildirilgan tashabbuslar esa yoshlarimizga keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, hududlararo aloqalarni mustahkamlash, jumladan Buxoro–Varna va Samarqand–Plovdiv birodarlik rishtalari, mamlakatlarimiz o‘rtasida chinakam do‘stlik muhitini kuchaytiradi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish yuzasidan "yo‘l xaritasi"ning ishlab chiqilishi va hukumatlararo komissiya doirasida faoliyatning kuchaytirilishi – ushbu muloqot samaradorligining amaliy kafolatidir.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi deputati Begimov Olamgir Akram о‘g‘li 

Slide 1 of 2