Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
янв.21
Askar onalari bilan
муносабат

Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning mamlakatimizga tashrifi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim voqea bo’ldi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyaning imzolanishi va boshqa ikki tomonlama hujjatlarning almashinuvi ushbu mamlakatlarning taraqqiyot sari dadil qadamlar bilan odimlayotganligini ko'rsatadi.

Tashrif davomida amaliy hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, poytaxtlarda savdo uylari ochish, imtiyozli kredit liniyalari ajratish to'g'risidagi qarorlar bugunning dolzarb talabidir.

Bundan tashqari, farmatsevtika, geologiya, sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar va turizm kabi istiqbolli yo'nalishlarda qo'shma loyihalarga alohida e'tibor qaratilayotgani yetakchilarning uzoqni ko'ra bilishini ko'rsatdi. Bu sohalarda birgalikdagi sa'y-harakatlar har ikki davlatga ham katta naf keltirishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin.

Umuman olganda, Bolgariya Prezidentining O'zbekistonga tashrifi strategik sheriklikni chuqurlashtirish yo'lidagi salmoqli qadamdir.

O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanilib, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.

Murodbek Rahmonberdiyev

Xalq deputatlari Jizzax

viloyati Kengashi deputati