Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
янв.21
Askar onalari bilan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori doirasida Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturga kiritilgan loyihalardan biri 18- 41-49-53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari G.Qarshiboyeva, X.Qo‘ldoshev, J.Raxmonqulovlar o‘z hududlaridagi maktablarda olib borilayotgan ishlarni bevosita o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdilar. 

Ular loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, sinf xonalari va yordamchi binolarning modernizatsiyasi, o‘quvchilarga qulay sharoit yaratish borasidagi tashabbuslar bilan tanishdilar.

Maktab jamoasi va mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan rejalarga alohida e’tibor qaratildi. Yangi sinfxonalar, zamonaviy laboratoriyalar va sport inshootlari bilan boyitilayotgan muhit kelajak avlod uchun yanada sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda.

Deputatlar ta’lim muassasalarining ahamiyatini e’tirof etib, zamonaviy maktab infratuzilmasi yosh avlodning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Kelgusida maktabni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 9