Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 35-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik: iqtisodiy diplomatiya va strategik sheriklikning yangi bosqichi
янв.21
O‘zbekiston–Vengriya: Do‘stlikning yangi bosqichi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
янв.21
депутат Х.Махаматова махаллада
янв.21
Халқ депутатлари Оққўрғон тумани кенгаши депутати. А. Қурбонов. saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Томорқа хазина деб бежиз айтилмаган.
янв.21
Qo‘rg‘oncha
янв.21
Askar onalari bilan
MANFAATLI MUNOSABATLAR RIVOJI YO‘LIDA

2025 yil 10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari o‘tkazildi. 

So‘nggi 17 yil ichida tashkil etilgan birinchi sammit ko‘rinishidagi mazkur uchrashuvda eʼtibor ikki davlat munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqarishga qaratildi.

Savdo, to‘qimachilik, oziq‑ovqat, kimyo, farmatsevtika, metallar va texnologik uskunalarni yetkazish orqali tovar ayirboshlashni kengaytirish kabi yo‘nalishlardagi muzokaralar asosiy diqqat markazida bo‘ldi. 

Unda ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida tashqi siyosat idoralari o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Transport va logistika sohasida yer va havo aloqa yo‘nalishlarini rivojlantirish, to‘g‘ridan‑to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, Sofiya shahrida O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasini ochish rejasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Qolaversa, Buxoro va Varna, Samarqand va Plovdiv o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini yana-da kuchaytirish, akademik va ilmiy almashinuvlarni faollashtirish, jumladan, Andijonda yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchrashuvini o‘tkazish va 2026 yilda O‘zbekiston va Bolgariya madaniyati va kinosi haftaligini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi, deyish mumkin.

Akbar Yakubov, Xalq deputatlari Jizzax shahar

Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 1