DЕPUTAT O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BЕRDI
Tumandagi "Maniobod" MFY binosida 25-Oqqo’rg’on saylov okrugi Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati Shohruh Jabborov o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat 2025-yilning birinchi choragida o‘z saylov okrugi doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishi, tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida qilinayotgan ishlar, jamiyatda korrupsiya illati bo‘yicha xabardorlikni oshirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.