O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunining 7-moddasiga asosan bugun Oqoltin tumani “Obod” MFY hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari M.ISmoilxo‘jayeva hamda G‘.Axmedovlar saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdilar. Hisobot berish jarayonida saylovchilardan mavjud muammolar yuzasidan takliflar berildi. Deputat tomonidan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.