#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
📌 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari bilan uchrashuv
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova “Qarabog‘” mahallasi hududida joylashgan 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari bilan uchrashdi.
📝 Uchrashuv davomida tarbiyalanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda tarbiyachilarning ish faoliyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud masalalarni muhokama qilish hamda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube