#_Yoshlar maslahat guruhi
Bandixon tumanida Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
🫥Bandixon tumanida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolari va tashabbuslarini o‘rganish hamda mahalliy vakillik organlari qarorlarini qabul qilish jarayonlariga yoshlarni jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
🫥Tadbirni Yoshlar maslahat guruhi a’zosi B.Normurodov maktab o‘quvchilari ishtirokida olib bordi.
🫥Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
🫥O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qilib, maslahat guruhi a’zolari bilan yaqindan fikr almashdilar.