Yangiliklar

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

 Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 4-saylov okrugi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Yangiqishloq mahallasida 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi.
📋 Uchrashuv Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-23-19-7-101-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berish reja-grafigi asosida tashkil etildi.
🗣 Hisobot davomida deputatning saylov okrugida amalga oshirgan ishlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralar, Kengashdagi deputatlik faoliyati hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi bosh mutaxassisi E.Turayev, elektr, gaz, ichimlik suvi, yo‘l xo‘jaligi, “Toza hudud”, obodonlashtirish, pensiya va bandlik sohalariga mas’ul tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
📝 Uchrashuv davomida saylovchilarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli masalalar yuzasidan vazifalar belgilandi.
📌 Deputatning saylovchilar oldida muntazam axborot berib borishi — ochiqlik, hisobdorlik va aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlashning muhim shaklidir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️