Yangiliklar

Lolazor mahallasida oilalar holati o‘rganildi

Lolazor mahallasida oilalar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Lolazor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida ro‘yxatga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati, bandligi, daromad manbalari, mavjud muammolari va ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
📌 Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — aholi muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️