Yangiliklar

📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI

#24_ta_masala
#okrugda_oʻrganish

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tomonidan 22-Oltinsoy saylov okrugiga qarashli Boshquduq mahallasidagi bozorlar va savdo do‘konlarida narx-navolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida savdo nuqtalarida mahsulotlar narxlari, ularning aholining xarid imkoniyatlariga mosligi hamda narxlarning barqarorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, narx-navoning asossiz oshishining oldini olish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 1