Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2025-yil
4-fevraldagi VII-6-12-9-122-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan ishchi guruh
tumaning “Andijon” mahallasi hududida joylashgan umumiy yotoqxonadan
fuqarolarga ajratilgan uy-joylarni holatini o‘rganishdi. Qarorning 3-bandiga
asosan ishchi guruh o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plagan holda
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyalariga o‘z takliflarini
kiritishni rejalashtirib oldilar.