Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov va Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida aholi tomorqalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan mahallaning Taraqqiyot, Ulug‘obod, Fayzobod, Robod va Nurafshon ko‘chalarida istiqomad qiluvchi fuqarolarga bahorgi ko‘chat ekish hamda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanish orqali daromad topish va ro‘zg‘orni obod qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi.