Yangiliklar

Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanilmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 8-“Sobirobod” saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov G‘ulomjon Sodiqovich tomonidan Yangi hayot mahallasida aholi tomorqalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan mahallada istiqomad qiluvchi fuqarolarga bahorgi ko‘chat ekish hamda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanish orqali daromad topish va ro‘zg‘orni obod qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi.

Slide 1 of 3