Yangiliklar

8-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#ish_reja_jrosi
#ekspert_guruhi
#24_ta_muhim_masala

8-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K.Mamanova hamda Z.Jumaboyev hamda ekspert guruhi a'zolari tomonidan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning qozonxonalari holati, isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning ishlash holati hamda ta’lim muassasasini mavsum davomida barqaror issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qozonxonalar va isitish tizimlarini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1