Yangiliklar

3-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida tashkilotning ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan qozonxonasi, isitish tizimining texnik holati, qozonxonaning mavsumga tayyorligi hamda mavjud jihozlarning sozligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun shakllantirilgan ko‘mir zaxirasi, uning yetarliligi, belgilangan talablar asosida saqlanishi va undan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qozonxona faoliyati bilan tanishish jarayonida isitish tizimining barcha guruh xonalari va boshqa xonalarni yetarli darajada issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ko‘mir zaxirasini nazorat qilish, qozonxonani soz va xavfsiz holatda saqlash, isitish tizimidagi ehtimoliy kamchiliklarni mavsum boshlanishidan oldin bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3