Yangiliklar

Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi

Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Termiz MFY hududida fuqarolar bilan ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalari o‘rganildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolar tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur jarayon fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga qaratildi.

Slide 1 of 4