📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan Jangabay mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
📖 Jangabay MFY, Jangabay 1-ko‘chasida yashovchi fuqaro Baratova Dilnoza Baxtiyorovnaning yashash manziliga borilib, uning murojaati joyida o‘rganildi.
🔰Muloqot davomida fuqaroning murojaati va mavjud muammolari batafsil tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
📌 Fuqaroning murojaati deputatning “Fuqarolar murojaatlarini ko‘chama-ko‘cha aniqlash daftari”ga belgilangan tartibda kiritildi.
✔️ Deputat tomonidan murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, murojaat natijasini nazoratga olish va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!