35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

⚖️ Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari muhokama qilindi

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zosi D.Egamqulova tomonidan tuman Gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilmaganligi yuzasidan savol berildi.

Mas’ulning javobiga ko‘ra, bugungi kunda tuman Gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi shakllantirilmagan.

Yig‘ilishda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tuman darajasida ham aniq va tizimli chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3