35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun sog‘lom yashash muhitini yaratish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida shahar va tumanlar, mahallalar, ta’lim muassasalari hamda jamoat joylarida daraxt va butalar ekilib, yangi yashil hududlar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, mavjud daraxtzorlarni asrash, ularni parvarish qilish va yashil maydonlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Beruniy tumani Kengashi deputati Suyunshev Yerlan Xalillaevich