🔎 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Asavey mahallasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro A.K.ning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.
🏘 O‘rganish davomida fuqaroning mavjud muammolari, ehtiyojlari va ijtimoiy sharoiti bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
📌 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishning muhim omilidir.