Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Aldanov 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanali tadbirida ishtirok etdi.
🎓 Maktab hovlisida o‘tkazilgan bayram tadbirida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar jam bo‘lib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
🌱 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, ustozlar sabog‘ini qadrlash, maktabdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil intilishlari tilaklari bildirildi.
🔔 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ilk qo‘ng‘iroq sadosi ular uchun bilim va ma’rifat olamiga boshlovchi ramziy qadam sifatida yangradi.
📚 Shuningdek, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fan va sportga qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
✨ Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun bilim, izlanish, yuksak natijalar va katta muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!