35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 16-G‘oridevon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati I. Xo‘jayev xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, uning saylov okrugidagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Qanoatov Oboddiyor mahallasida bo‘lishdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Slide 1 of 3