35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushayeva, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan "Tinchlik" MFY hududidagi 66-umumta'lim maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

⚡️O'rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimlari, qozonxona sxemasi, tom qismi, elektr va suv ta’minoti, shuningdek, umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3