35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Qoryog‘di mahallasida navbatdagi uchrashuv

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

Qoryog‘di mahallasida navbatdagi uchrashuv

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “4-Qoryog‘di” saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan Qoryog‘di mahallasida mahalla faollari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, obodonlashtirish hamda fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

🤝 Muloqot davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni tegishli tartibda o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ham ishtirok etdilar.

🧠 Bunday uchrashuvlar deputatlarning saylovchilar bilan bevosita muloqotini mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4