XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI 📚✨
Uzun tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🏫 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Sh.Bozorov tumanidagi 56-maktabda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, barcha o‘quvchi va ustozlarni Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.