35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarning tibbiy ko‘rik va davolanish uchun murojaatlarini qabul qilish jarayoni, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.Jarayon davomida deputat poliklinika vrachi,endokrinolog Z.Mirzaqodirov bilan birgalikda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bepul dori vositalarini qabul qilish, saqlash va aholiga yetkazib berish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.Shuningdek, poliklinikada ambulatoriya xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya holati o‘rganildi. Muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.Muloqotlar davomida deputat tomonidan fuqarolarni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, murojaatlarning tegishli tartibda o‘rganilishi va amaliy yechim topish masalalari muhokama qilindi.O‘rganish yakunida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi.Shu bilan birga, tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha masalalar deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘lishi belgilandi.  

Slide 1 of 6