Xalq deputatlari Samarqand iloyat Kengashi deputatining maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasida chop etildi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Abdullayevaning “Mustaqillikning 35 yilligi: sog‘lom millat sari yangi qadamlar” nomli maqolasi respublika miqyosidagi “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilindi.
🇺🇿 Maqolada mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan
➡️ Shuningdek, Samarqand viloyatida yangi tibbiy xizmatlar tizimini joriy etish, raqamlashtirish jarayonlari, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ustuvor vazifalar tahlil qilingan.
⚡️ Mazkur maqola Yangi O‘zbekistonda inson qadri va salomatligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritib beradi.