35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati hamda uning fuqarolar bilan hamkorlik aloqalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova Zarbdor mahallasida bo‘lib, Mahalla yettiligi faoliyati hamda uning fuqarolar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Mahalla yettiligi a’zolarining aholi murojaatlari bilan ishlashi, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etishda o‘zaro hamjihatlik asosida olib borayotgan ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1