Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolovga Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan 82 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan kichik biznes vakillari amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.
🔹Murojaatchilar mazkur jarimani to‘lash imkoniyati cheklangani, bu esa ularning tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdilar.
🔹Deputat I. Xolov murojaatni atroflicha o‘rganib, qonunchilik doirasida masalaga huquqiy baho berish hamda murojaatchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
🔹Murojaat e’tiborga olinib, uni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.