35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Bekzod Jabborov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar Shixmashhad mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Matyaqubov Shuhrat va mahalla xotin-qizlar faoli Dilfuza Sobirova bilan hamkorlikda mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan muloqot qildilar.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, kundalik hayotida uchrayotgan muammolari va mavjud ijtimoiy masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur sayyor o‘rganish deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida aniqlab, ularning yechimini ta’minlashga qaratildi. 

Slide 1 of 1