Hashar yo‘li bilan yangi ko‘prik barpo etiladi
✅ Tuman hokimi B.Shukurov Xo‘jabulg‘on mahallasida tuman Kengashi deputati O‘.Murodov, nuroniylar, fuqarolar va mahalla faollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Uchrashuv davomida kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida talofat yetkazilgan ko‘prik o‘rniga hashar yo‘li bilan yangi ko‘prik barpo etish masalasi muhokama qilindi.
✅ Yangi ko‘prikning qurilishi mahalla aholisining erkin va xavfsiz qatnovini ta’minlash, shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
✅ Uchrashuvda mazkur ishlarni aholi, deputatlar va mahalla faollari hamkorligida amalga oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.