35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqillik MFYdagi ko‘p qavatli uylarning xojatxonalari xolati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik MFYda ichki lotoklarni yangilash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
7-Obod saylov okrugi Obod MFY Yangi avlod ko‘chasida ko‘chaboshi bilan uchrashuv
янв.21
Oqoltin tumani Mustaqillik mahallasida aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan o‘rganish
янв.21
7-Obod saylov okrugida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
7-Obod saylov okrugida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
янв.21
AJRATILGAN MABLAG‘LAR: SAMARADORLIK VA NAZORAT MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Yegitaliyev Ravshanjon Rustamovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 12-avgustdagi 61-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini "Kumushtola" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash masalasida murojaat kelib tushgani qayd etildi.

Murojaatda mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolar ikki oydan buyon suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanmayotgani, buning natijasida kundalik ehtiyojlarini, xususan, ovqat tayyorlash va boshqa maishiy yumushlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligi bildirilgan.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini "Kumushtola" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 1