35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahallalarda muammolarni hal etishda hamkorlik

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida mahallalarda mavjud muammolarni samarali hal etish, deputatlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining KQ-35-sonli Kengash qarori ijrosi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova Kamolot mahallasida bo‘lib, hududdagi muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalla darajasida muammolarni tezkor aniqlash va samarali hal etish, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda qaror ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2