35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#ish_reja Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 20–24-iyul kunlari uchun ish rejasi

Hafta davomida deputatlarning saylov okruglaridagi o‘rganishlari va saylovchilar bilan uchrashuvlari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasidagi loyihalarni o‘rganish hamda tegishli tashkilotlarning yarim yillik hisobotlarini eshitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, deputatlik so‘rovlarini yuborish, aniqlangan muammo va takliflarni tegishli doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritish hamda Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish ustuvor vazifalar etib belgilangan.

Slide 1 of 1