Yangiliklar

Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan 12-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, raqamli boshqaruv tizimlari hamda bemorlarga qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning qabul bo‘limi, oilaviy poliklinika, davolash bo‘limlari, laboratoriya va diagnostika xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, navbatlarni tashkil etish tizimi, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy jihozlardan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, moddiy-texnik ta’minot, tibbiy uskunalardan samarali foydalanish va malaka oshirish masalalari muhokama qilindi. Muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar faoliyati va mavjud sharoitlar yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 5