Yangiliklar

Aholi murojaatlari o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilanmoqda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati - tuman hokimi Akmal Jimalyazov o‘z saylov okrugi hududidagi “2-Tuproqqal’a” mahallasida aholi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish hamda ularni tezkor hal etish masalalari muhokama qilindi.

Aholi bilan ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, tegishli idora, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1