Yangiliklar

🏥 Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich o‘z saylov okrugidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati va sharoitlarini o‘rgandi.

🔹 Poliklinika 12 052 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
🔹 Muassasa kuniga 100 nafargacha bemorni qabul qilish quvvatiga ega.
🔹 Poliklinikada 4 nafar asosiy shifokor faoliyat yuritmoqda.
🔹 Aholini dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida ijtimoiy dorixona xizmat ko‘rsatmoqda.
O‘rganish jarayonida muassasadagi mavjud shart-sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
🤝 Aholining salomatligini muhofaza qilish, sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4