#162_Qonun
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov 5-Samarqand saylov okrugi tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.05.2007 yildagi O‘RQ-97-son "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi doirasida aholini sifatli yodlangan osh tuzi bilan ta’minlash, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarning belgilangan standart va sanitariya talablariga muvofiqligi, yodlangan tuzning saqlanish sharoitlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilish holatiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish va yodlangan osh tuzidan muntazam foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|